29 Yanvar 2021 4196

Toshkent shahrida arzonlashtirilgan ko'p qavatli uylarni kreditga olib berishga ishontirib fuqarolarni chuv tushirayotgan firibgar ushlandi

2021 yil 22 yanvar` kuni O'zbekiston Respublikasi IIVga fuqaro S.G. ariza bilan murojaat qilib, o'zini Uchtepa tumani hokimiyatida ishlovchi "Abdufattox" deb tanishtirgan shaxs Sergeli tumanida qurilayotgan arzon va uzoq muddatli kreditga berilayotgan ko'p qavatli uylardan 2 ta xonadon  olib berishga va'da qilib, oldindan 2.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.A.Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi "Shofayz" ko'prigi yaqinida ariza muallifi G.S.dan 2.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov va tezkor qidiruv-tadbirlari davomida aniqlanishicha fuqaro A.A. shu kunga qadar yana 70 nafar fuqaroga Sergeli tumanida qurilayotgan arzon va uzoq muddatli kreditga berilayotgan ko'p qavatli uylardan olib berishga ishontirib, ulardan jami 153.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo'lga kiritgan.

Jabrlanuvchilar ko'lamini va A.A.ning jinoiy sheriklarini aniqlashga qaratilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага