12 Avgust 2021 4432

Toshkent shahrida "Covid-19" ga qarshi vaktsinasining noqonuniy muomalasiga chek qo'yildi

2021 yilning 6 iyul` kuni M.M. O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o'z arizasida «Zebo» ismli shaxs internet ijtimoiy tarmog'idagi «Telegram» messenjeri orqali davlat tomonidan bepul emlash uchun berilgan “Covid-19»ga qarshi vaktsinasini sotayotganligi haqida e'lon berganligini hamda ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko'rishlikni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yil 8 iyul` kuni O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko'chasida joylashgan «Gurman» kafesi ro'parasida tezkor tadbir o'tkazilib, tadbir jarayonida fuqaro A.Z. fuqaro M.Ya.ga 186 dona “Covid-19» “Yangi koronavirus recombinant vaksinasi” (CHO hujayrasi) ZF-UZ VAC2001ni har bir dozasini 150.000 so'mdan jami 27.750.000 so'mga sotishini kelishib, ushbu pullar hisobidan 1.400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

O'tkazilgan surishtiruv davrida, A.Z. ushbu vaktsinalarni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalardan birida katta hamshira bo'lib ishlovchi B.S.dan olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan A.Z. hamda B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага