15 Sentabr 2021 5890

Toshkent shahrida «Xizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi

Joriy yilning 15-sentyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 10 nafar «Xizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Ushbu aniqlangan “tahrirchilar”ning barchasi muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini oʻtab chiqqan shaxslar hisoblanadilar. Ular Internet tarmogʻi orqali xorijda yashirinib kelayotgan «Xizb ut-Tahrir» DET aʼzolari bilan aloqa qilib, ularning koʻrsatmalari asosida aholi orasida tashkilot gʻoyalarini targʻib qilish va tarafdorlari safini kengaytirish bilan shugʻullanib kelganlar.

Mazkur shaxslarning yashash manzillari va uyali aloqa vositalarida «Xizb ut-Tahrir» DETga tegishli boʻlgan adabiyotlar va materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qoʻyilgan.

Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida, tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Ichki Ishlar vazirligi Sizlarni ogohlantiradi.

«Xizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti safida faoliyat olib borish, gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, materiallarini tayyorlash, saqlash hamda tarqatish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab boʻladi.

Oʻzingizni va farzandlaringizni ekstremistik oqim va terroristik tashkilotlar safiga qoʻshilib qolishdan asrang!

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага