27 May 2022 567

Toshkent tumanida 2 nafar maktab oʻquvchilari avtomobil boshqarganligi aniqlandi

Joriy yilning 26-may kuni Toshkent tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori M.Abduvosiqov tomonidan kun davomida “Damas” va “VAZ 2106” rusumli avtoulovlar toʻxtatib tekshirilganda haydovchilar 2007-yil va 2005-yilda tugʻilganligi va haydovchilik guvohnomasi olish yoshiga yetmaganligi aniqlandi.

Ikkala haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va avtoulovlar jarima maydoniga qoʻyildi.

Hurmatli ota-onalar bu kabi haydovchilarni deb, begunoh insonlar aziyat chekmoqda. Farzandlaringiz taqdiriga befarq boʻlmang!

Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB Axborot guruhi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага