2 Iyul 2021 4604

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida er maydoni noqonuniy muomalasiga chek qo'yildi

2021 yil 01 iyul` kuni O'zbekiston Respublikasi IIVga N.M. ariza bilan murojaat qilib, unda “Sanjar” ismli shaxs yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Chorbog' qo'rg'oni, “Bochka” suv bo'yicha turistik va boshqa dam olish maskani qurish uchun mo'ljallangan 80 sotix bo'sh er maydonini kadastr hujjatlarini tayyorlab, 450.000 AQSh dollariga sotishini, bo'nak sifatida 20.000 AQSh dollarini berishini talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.S. Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Ugam olma bog'i ko'chasi 82-uyda joylashgan dala hovlida ariza muallifidan 20.000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan, shu kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Bo'stonliq tumani bo'limi tomonidan fuqaro Sh.S.ga nisbatan JKning

168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, JPKning 224-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага