13 Iyul 2021 638

Toshkent viloyati IIBB II chorak yakuni bo'yicha eng yaxshi xodimlar ro'yxatini e'lon qildi

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati tomonidan yilning har chorak yakunida viloyat IIO sohaviy xizmat xodimlari orasidan hamkasblariga o'rnak bo'lib kelayotgan xodimlar «eNG YaXShI SOHAVIY XIZMAT XODIMI» loyihasida e'lon qilib borilishi haqida xabar berilgan va I chorak natijalari e'lon qilingan edi.

Navbatda esa 2021 yil II chorak yakuni bo'yicha hamkasblari orasida eng yaxshi natijaga erishgan sohaviy xizmat xodimlari ro'yxati e'lon qilinadi.

Mayor Axmedov Izzatilla Raxmatillaevich – «eNG YaXShI eKSPERT»

Axmedov Izzatilla 1988 yilda tug'ilgan. 2005 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB Birinchi mintaqaviy hudud Qibray tumani ichki ishlar boshqarmasi ekspert kriminalistika guruhi katta eksperti lavozimida xizmat qiladi.

Safdor G'ofurov Alisher Asqar o'g'li – «eNG YaXShI PATRUL`-POST XIZMATI XODIMI»

Alisher G'ofurov 1999 yilda tug'ilgan. 2020 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB to'rtinchi mintaqaviy hudud patrul`-post xizmati otryadi safdor xodim lavozimida xizmat qiladi.

Safdor Qudratillaev Navruz Abdurasulovich – «eNG YaXShI INSPEKTOR-KINOLOG»

Navruz Kudratillaev 1987 yilda tug'ilgan. 2011 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB Birinchi mintaqaviy hudud kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi lavozimida xizmat qiladi.

Katta serjant Kushakov Akmal Alisherovich – «eNG YaXShI MvaFR XIZMATI XODIMI»

Akmal Kushakov 1988 yilda tug'ilgan. 2010 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahar IIB MvaFRB katta inspektori lavozimida xizmat qiladi.

Katta leytenant Sherbo'taev Abdurauf Vaxidjon o'g'li – «eNG YaXShI TERGOVChI»

Abdurauf Sherbo'taev 1994 yilda tug'ilgan. 2015 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB To'rtinchi mintaqaviy hudud Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo'limi tergovchisi lavozimida xizmat qiladi.

Kapitan Qodirqulov Bekzod Nuriddinovich – «eNG YaXShI PROBATsIYa XIZMATI INSPEKTORI»

Bekzod Qodirqulov 1989 yilda tug'ilgan. 2014 yildan buyon IIO, hozirda Toshkent viloyati IIBB Probatsiya bo'limi Olmaliq shahar ichki ishlar organlari probatsiya guruhi katta inspektori lavozimida xizmat qiladi.

Katta leytenant Dadamatov Sherzod Vaxobovich – «eNG YaXShI PROFILAKTIKA INSPEKTORI»

Sherzod Dadamatov 1989 yilda tug'ilgan. 2013 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati, Nurafshon shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmasi, profilaktika inspektori lavozimida xizmat qiladi.

Katta serjant Raxmanov Jamshid Tojiboy o'g'li – «eNG YaXShI YO'L-PATRUL` XIZMATI INSPEKTORI»

Jamshid Raxmanov 1992 yilda tug'ilgan. 2013 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati, Nurafshon shahar IIB Yo'l harakati xavfsizligi bo'linmasi katta inspektori lavozimida xizmat qiladi.

e'tirof etilgan va ular qatorida barcha hamkasblarimizning mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasblarida ulkan zafarlar hamroh bo'lsin.

Izoh: Ushbu loyihada xodimlarning xizmat jarayonida erishgan natijalari hisobga olinib har tomonlama o'rganiladi va har chorakda sohaviy xizmat mas'ullari hamda kadrlar boshqarmasining yakuniy xulosasi asosida e'lon qilib boriladi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага