21 Yanvar 2023 863

Toshkent viloyati IIBB miqyosida “Eng yaxshi sohaviy xizmat xodimi” 2022 yil yakuniy natijalari bo‘yicha

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati tomonidan har chorakda, IIBB sohaviy xizmatlari orasidan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlar “Eng yaxshi sohaviy xizmat xodimi” loyihasida eʼlon qilib boriladi.

Navbatda esa 2022 yil yakuni natijalariga ko‘ra hamkasblari orasida eng yuqori natijaga erishgan sohaviy xizmat xodimlari aniqlandi.

Unga ko‘ra;

“Eng yaxshi ayol xodima” – podpolkovnik Sodiqova Shahnoza Hoshimovna

Shahnoza Sodiqova 1975 yilda tug‘ilgan. 2000 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi ekspert” – podpolkovnik Axmedov Akrom Abdullayevich

Akrom Axmedov 1983 yilda tug‘ilgan. 2003 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB, 4-mintaqaviy hudud, Yangiyo‘l shahar IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti lavozimida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi profilaktika inspektori” – katta leytenant Abdusamadxo‘jayev Shahzod Xushnud o‘g‘li

Shahzod Abdusamadxo‘jayev 1993 yilda tug‘ilgan. 2019 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud Parkent tumani IIB profilaktika katta inspektori lavozimida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi probatsiya xizmati inspektori” – Katta leytenant Anarboyev Abduraim Abduvohid o‘g‘li

Abduraim Anarboyev 1991 yilda tug‘ilgan. 2018 yildan buyon IIO, hozirda Toshkent viloyati IIBB 4-mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB Probatsiya guruhi katta inspektori lavozimida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi tergovchi” – kapitan Mamirov Murodulla Yoqubovich

Murodulla Mamirov 1995 yilda tug‘ilgan. 2015 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi katta tergovchisi lavozimida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi patrul-post xizmati xodimi” – katta serjant Ergashev Behzod Farhod o‘g‘li

Behzod Ergashev 1991 yilda tug‘ilgan. 2014 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB JXX PPX kuzatish va tezkor harakatlanish guruhi komandiri lavozimida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi inspektor-kinolog” – katta serjant Djamolov Muzaffar Farhodovich

Muzaffar Djamolov 1987 yilda tug‘ilgan. 2010 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB JXX Kinologiya bo‘limi guruh komandiri lavozimida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi TVBSO xodimi” – katta serjant Dadayev Ziyod Sholdarovich

Ziyod Dadayev 1988 yilda tug‘ilgan. 2008 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi yo‘l-patrul xizmati inspektori” – safdor Mursayev Behzod Akbarjon o‘g‘li

Behzod Mursayev 1996 yilda tug‘ilgan. 2016 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy Yo‘l-patrul xizmati inspektori lavozimida xizmat qiladi.

“Eng yaxshi MvaFRB xodimi” – safdor Artiqboyev Urazali Asan o‘g‘li

Urazali Artiqboyev 1993 yilda tug‘ilgan. 2000 yildan buyon IIOda, hozirda Toshkent viloyati IIBB 3-mintaqaviy hudud O‘rta Chirchiq tumani IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida xizmat qiladi.

Izoh: Ushbu loyihada xodimlarning xizmat jarayonida erishgan natijalari hisobga olinib, o‘rganiladi va sohaviy xizmat masʼullari xulosasi asosida eʼlon qilib boriladi.

Eʼtirof etilgan xodimlarni va ular qatorida barcha hamkasblarimizni mashaqqatli va sharafli kasblarida ulkan zafarlar hamroh bo‘lsin.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага