22 Fevral 2021 6479

Toshkent viloyati IIBB xodimi Sharofiddin Boltaboev Isroildagi "Katta Dubulg'a" turnirida dzyudo bo'yicha mutlaq chempion bo'ldi

Chempion Sharofiddin Boltaboev bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeraportida, viloyat IIBB rahbarlari boshchiligidagi guruh tomonidan tantanali kutib olindi.

Isroil poytaxti Tel`-Avivda dzyudo bo'yicha «Katta Dubulg'a» turnirida 81 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Toshkent viloyati IIBB Patrul`-post xizmati xodimi, dzyudochi Sharofiddin Boltaboev barcha bellashuvlarda g'alaba qozonib, chempionga aylandi va Tokio-2020 olimpiadasi yo'lida 1000 ochkoni qo'lga kiritdi. 

Boltaboev finalgacha Dorin Gotonoaga (Moldova), Aleksandr Vizerchak (Germaniya), Styuart Mavkatt (Buyuk Britaniya) va Fran de Vitdan (Niderlandiya) ustun kelgan bo'lsa, hal qiluvchi bahsda mo'g'ulistonlik Said Mullaini mag'lub etdi.

Ushbu turnirda O'zbekiston milliy jamoasi hisobidagi medallar soni 3 taga etgan. Avvalroq Sardor Nurillaev va Muhriddin Tilovov bronza medalini qo'lga kiritgan.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага