9 Mart 2021 4207

Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida 1.500 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi

Toshkent viloyatida o'tkazilayotgan "Zarbdor" tezkor-profilaktik oyligi doirasida qator jinoyatlarning oldi olinib, sodir etilishi mumkin bo'lgan holatlar bartaraf etilmoqda.

Jumladan, bugun 9 mart kuni 02-30larda Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» yo'l patrul` xizmati maskanida tungi xizmatni olib borayotgan 2-mintaqaviy hudud YPX va PPX xodimlari tomonidan fuqaro 1987 yilda tug'ilgan A.D. boshqaruvidagi «Namangan-Toshkent» yo'nalishida harakatlanib kelayotgan "Neksiya" avtomobili to'xtalib, tegishli tartibda tekshiriladi.

Avtomashinani ko'zdan kechirish davomida yukxonasida bo'lgan ikki qog'oz quti ichida respublika hududida savdosi cheklangan 1 500 dona «Tropikamid 10 mg» kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi IIB xodimlari tomonidan aniqlanadi va qonuniy chora ko'rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. Hozirda holat yuzasidan qo'shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага