24 Noyabr 2022 473

Toshkent viloyatida 1,5 kilogramm “marixuana” giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 23 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat-qidiruv xizmati Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbir natijasida, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Mirishkor mahallasida yashovchi, 1996 y.t., fuqaro A.X. Yangiyo‘l tumani, Xalqabod mahallasi hududida maxsus xaridorga vazni taxminan 1,5 kg “marixuana” giyohvandlik vositasini 5.000 AQSH dollar evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.X. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV Tezkor-qidiruv departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага