5 Avgust 2022 510

Toshkent viloyatida avtomobil gaz balloni bilan bogʻliq sodir boʻlishi mumkin boʻlgan 370 dan ortiq koʻngilsiz holatning oldi olindi

Viloyat hududida oʻtgan 7 oy mobaynida xizmat davomida transport vositalarning 371 tasida oʻrnatilgan gaz ballonlarda bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Bunda oʻrnatilgan gaz ballonlarning talabga javob bermasligi, tegishli ruxsat olmay oʻrnatib olganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 758-sonli qarori talablari asosida oʻrnatilmaganligi aniqlandi.

Holatlar yuzasidan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga qoʻyildi.

Shuningdek, avtoulovlarni jarima maydonidan chiqarish vaqtida noqonuniy gaz ballonlar avtomobildan yechtirildi.

Hurmatli haydovchilar oʻzingiz va oʻzgalar hayotiga befarq boʻlmang!

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага