11 Avgust 2021 4524

Toshkent viloyatida yer maydonlarini noqonuniy savdosi bilan shugʻullangan shaxslar aniqlandi

2021-yil 6-avgust kuni fuqaro X.S. Toshkent viloyati IIBBga ariza bilan murojaat qilib, unda oʻzlarini “DAVRON OMAD SERVIS” MCHJ taʼsischilari deb tanishtirgan “Begzod” va “Davron” ismli shaxslar Boʻstonliq tumani hokimining 16.05.2016-yildagi 626-sonli qarori bilan bogʻ barpo etish va obodonlashtirish uchun mazkur jamiyatga 30 yilga ijaraga berilgan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Boʻstonliq” QFYda joylashgan 16 GA yer maydonini 5.000.000 AQSH dollariga sotishlarini, oldindan boʻnak sifatida 200.000 AQSH dollari berishini talab qilayotganliklarini maʼlum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Toshkent viloyati IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar Yunusobod tumani, Mustaqillik koʻchasida joylashgan “KREDO” restoranida R.G. va D.J.lar ariza muallifi X.S.dan 200.000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan, shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan R.G.

va D.J.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28/211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага