28 Fevral 2021 752

Toshkent viloyatida nomzodlarni ro'yxatga olish ishlari o'tkazildi

10 kun avval Toshkent viloyati IIO xizmatiga qabul qilish uchun tanlov o'tkazilishi haqida e'lon berilgan edi.

27 fevral` dastlabki bosqich – tanlovga ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarni ro'yxatga olish ishlari bo'lib o'tdi.

Unda viloyatning 22 ta tuman-shaharlaridan kelgan mingga yaqin nomzodlar tanlovda ishtirok etish istagini bildirdi.

Respublikamizdagi pandemiya davri, kun iliganligi, nomzodlarning sonining ko'pligi va mavjud vaziyatdan kelib chiqib, nomzodlar Bosh boshqarmaning tashqari hovlisida qabul qilindi. IIBB Kadrlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda ro'yxatga olindi.

Dastlabki bosqichda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi Mohidil Ashurova ham ishtirok etib, jarayonni kuzatib bordi. Nima sababdan ko'pgina yoshlarning IIOga bo'lgan qiziqish va istaklari haqida suhbatlashdi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага