30 Aprel 2021 4919

Toshkent viloyatida noqonuniy er sotilishi oldi olindi

2021 yil 19 aprel` kuni O'zbekiston Respublikasi IIVga S.X. va S.X. ariza bilan murojaat qilib, unda o'z arizasida “Muxammadjon” ismli shaxs Bo'stonliq tumani Navobod mahallasi hududida joylashgan «AL-INOBAT» MChJga tegishli oromgoh va baliqchilik ko'li tashkil qilishlik uchun Bo'stonliq tuman hokimining 2017 yil 25 oktyabrdagi 620-son qarori bilan investitsiya kiritish uchun ajratilgan 10 gektar er maydonini 1.900.000 AQSh dollariga hokimlik orqali hujjatlashtirib berish sharti bilan sotishni bildirib, ushbu pullardan bo'nak sifatida 50.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2021 yil 23 aprel` kuni Vazirlik JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, P.P., N.M., S.V., T.A., Sh.K. hamda D.A.lar Toshkent shahar Chilonzor tumani, 4-mavze 65-uy oldidagi avtoturargohda ariza mualliflari S.X. va X.S.dan 50.000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага