18 May 2021 4608

Toshkent viloyatida odam savdosi bilan bog'liq navbatdagi holatga chek qo'yilib, ayollarni Turkiyaga jo'natilishining oldi olindi

Toshkent viloyati IIBB Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish bo'limi va Bo'ka tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bog'liq holatga chek qo'yildi.

Joriy yilning 13 may kuni o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Bo'ka shahrida yashovchi er-xotin 1989 y.t. Zokir va 1995 y.t. Komila (to'rt nafar farzandi bor, ism shariflar o'zgartirilgan) ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, Toshkent viloyatida yashovchi moddiy jihatdan qiynalgan ayollarga, xususan 1999 y.t. Madina va 1994 y.t. Muxlisalarga Turkiyada mo'may daromad to'lanadigan ish topib berishini, yordam sifatida yo'l xarajatlarini o'z hisobidan qoplab berishlarini va'da qiladilar.

Dastlabki surushtiruvlar davomida ularning maqsadi ayollarni Turkiya davlatiga fohishalik uchun yuborish ekanligi, Zokirning turmush o'rtog'i Komila 2021 yil aprel` oyida eri bilan oldindan kelishgan holda Turkiya davlatiga jo'nab ketganligi va turmush o'rtog'i olib borishi kerak bo'lgan ayollarni kutib olishi rejalashtirilgani aniqlandi.

Zokir, ayollarni I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan "Toshkent-Istanbul" aviareysi orqali Turkiyaga olib ketayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Bo'ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага