17 May 2021 3983

Toshkent viloyatida tanishining avtotransport vositasini olib qochgan qiz ushlandi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 10 may kuni J. Azamat “102” qisqa raqamiga bergan xabariga ko'ra, shu kuni soat 15:00 larda Oqqo'rg'on tumani Mustaqillik ko'chasida joylashgan “Avto sug'urta” binosiga  tanishi 33 yoshli A. Azamga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasida "Sevara" ismli qiz bilan kelib, sug'urta polisini yangilash maqsadida avtomashinasini qarovsiz, eshiklari ochiq holatda "Sevara" ga tashlab binoga kirib ketganliklarini,  qaytib chiqqanlarida esa avtomashinasi joyida yo'q bo'lib,  noma'lum shaxs olib qochganligidan xabar topganliklarini ma'lum qilgan.

Tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 21 yoshli B.Sevara sodir etganligi aniqlanib, avtomashinani Totuvli mahallasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqqo'rg'on tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan B.Sevaraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага