24 Sentabr 2021 4768

Toshkent viloyatida yana bir noqonuniy yer sotilishi oldi olindi

2021 yil 13 sentyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi IIVga fuqaro D.A. ariza bilan murojaat qilib, o'z arizasida Toshkent viloyatida yashovchi “Baxtiyor” va “Shokir” ismli shaxslar Bo'stonliq tumani hokimining 2019 yil 23 fevraldagi 1055-son qaroriga asosan Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, A.Temur massivida joylashgan “Sulton Axmad Omad” fermer xo'jaligiga 49 yilga ijaraga berilgan 14,3 gektar yer maydonidan 5 gektarini Bo'stonliq tumani hokimiyatida ishlovchi “Toxir” ismli shaxs orqali 150.000 AQSh dollari evaziga doimiy egalik huquqini beruvchi qaror chiqartirib berishga va'da qilishib, oldindan bo'nak (avans) sifatida 10.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma'lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni, O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi DXX hamda IJQK Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Navoiy ko'chasi, 39-uyda joylashgan “Milliy taomlar” nomli osh markazida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, B.S., Sh.X. va R.N.lar ariza muallifidan 10.000 AQSh dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 13 sentyabr` kuni B.S, Sh.X. va R.N.ga nisbatan IJQK Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llangan. Hozirda Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB KvaIJQKB

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага