18 Noyabr 2022 710

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan MDH davlatlaridan 23 nafar qidiruvdagi shaxslar olib kelindi

Xabar berilganidek, Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, hamkor tashkilotlar bilan “Zarbdor” maxsus tezkor-profilaktik oyligi o‘tkazilmoqda.

Jumladan, jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan, 56 nafar (turli jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan) qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlanib, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlangan.

Yil boshidan esa, viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 486 nafar (23 ayol) qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan.

Ushlangan shaxslarning 23 nafari MDH davlatlaridan olib kelingan (ekstraditsiya qilingan) bo‘lib, eng uzoq qidiruvda bo‘lgani 20 yil, qisqasi esa 2 kunda aniqlanib, ushlangan.

Bundan tashqari, 22 nafar boshqa viloyatlarda norasmiy va rasmiy qidiruvdagi shaxs ushlanib, qidiruv tashabbuskoriga topshirilgan va 10 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar topilib, oilasiga qaytarilgan.

IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага