28 Iyul 2022 830

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Jihodchilar” terroristik oqimi aʼzolarining faoliyatiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1998 yilda tug‘ilgan M.M. (Yangiyo‘l tumani) instagram ijtimoiy tarmog‘ida ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi shaxslarning “jihod” va “hijrat”ga daʼvat qiluvchi maʼruza va videoroliklar tarqatib kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu tumanda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. 2018-2020 yillarda Turkiya davlatiga borib, u yerda “Tavhid va jihod” terroristik tashkilotining “Tavhid va Sunnat” nomli madrasasida diniy taʼlim olib, yashash manziliga qaytib kelgan va Telegram tarmog‘i orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘zingiz va yaqinlaringizni o‘zingiz asrang. Ogoh bo‘ling.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага