5 Iyul 2022 3527

Toshkentda «Hizb ut-Tahrir» DET aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi

Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Olmazor va Shayxontoxur tumanlarida istiqomat qiluvchi respublikamizda faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik tashkiloti aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi.

Ushbu jinoiy guruhning faol aʼzosi boʻlgan “I.A” 10 nafardan ortiq sinfdoshlarini «Telegram» ilovasida tashkil qilgan “Choyxona” va «Iymonlashaylik» nomli virtual guruhlarga qoʻshib, taqiqlangan materiallarni tarqatib kelgan. Shuningdek, “I.A.” yaqinlari va koʻplab tanishlarini “tahrirchilar” safiga aʼzo boʻlishga daʼvat qilib, Internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallarni tarqatib kelgan.

Oʻz navbatida guruh aʼzolari mazkur materiallar bilan tanishib, «Hizb ut-Tahrir» DET faoliyatini qoʻllab-quvvatlab kelishgan.

Mazkur jinoiy guruhning faoliyati ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan «Hizb ut-Tahrir» DETning gʻoyaviy yetakchilaridan biri boʻlgan, Oʻzbekistondagi va xorijdagi vatandoshlarimizni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aylanib qolishlariga sababchi boʻlayotgan “Mahmud Abdulmoʻmin” taxallusli 1980-yilda Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

“Mahmud Abdulmo'min”

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага