15 May 2022 354

Toshkentdagi hayvonot bogʻida “Uyga yoʻl” nomli mushuklar va kuchuklarning koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda

14-15-may kunlari soat 10.00 dan 17.00 gacha Toshkentdagi hayvonot bogʻida ajoyib tadbir – “Mushukkent” loyihasi hamda “Hayot” hayvonlarni himoya qilish nodavlat notijorat tashkiloti koʻngillilari tomonidan qutqarilgan va hayoti saqlanib qolingan mushuklar va kuchuklarning koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda. 

Tadbirga “Uyga yoʻl” nomining berilishi bejiz emas: koʻrgazma ishtirokchilari oʻziga yoqqan hayvonni tanlash yoʻli bilan ularga uy hadya qiladi. Lekin tadbirga hayvonlarni olib ketishni istamaganlar ham kelishi mumkin: dam olish kunlarini begʻubor tuygʻular va yaxshi kayfiyat bilan oʻtkazishadi.

Uysiz hayvonlar tadbir ishtirokchilari va koʻngillilar yordami bilan tekshiruvdan oʻtkazildi, davolandi, vaksinatsiya, sterilizatsiya, kastratsiya qilindi. Endi bu momiq hayvonlar ularga mehr ulasha oladigan, gʻamxoʻrlik qila oladigan oʻz egasini kutmoqda.

Koʻrgazmaning birinchi kunidayoq oʻnlab hayvonlar oʻz egasini topdi, mehribon doʻstga ega boʻldi.

Shuningdek, xalq amaliy sanʼat ustalarining, hunarmandlarning, hayvonot doʻkonlarining koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda. Qoʻl mehnati va hayvonlar uchun moʻljallangan mahsulotlarning savdosidan tushgan mablagʻlarning bir qismi “Mushukkent” loyihasi va “Hayot” boshpanasiga taqdim etiladi.

Bolalar uchun animatorlar ishtirokidagi qiziqarli shou-dasturlar, “Men hayvonlarni yaxshi koʻraman” nomli bolalar chizgan rasmlar musobaqasi ham tashkil etilgan.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага