Toshloq tumanida 14 bosh qo‘ylar va telefon apparatini sotib olib, aldab pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi
Toshloq tumani.2022 fevral oyining boshlarida P.J tanishi O.A.ni ishonchiga kirib pulini bir haftada berishi aytib, 14 bosh qo‘ylarini 2.100 AQSH dollari hamda telefon apparatini 2.500.000 so‘mga sotib olib, 14 bosh qo‘ylarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘zini shaxsiy o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati