15 Yanvar 2022 3996

Toshloq tumanida oʻziga tegishli boʻlmagan “Jentra” ni nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, aldab sotgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

2021-yilning 21-noyabr kuni Yu.J IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 12-oktyabr kuni nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, oʻziga tegishli boʻlmagan “Jentra” rusumli avtomashinani 7.000 АQSH dollariga sotishligi va hujjatlarini nomiga rasmiylashtirib berishni aytib, pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Аxborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага