12 May 2022 507

Tungi reydda aniqlagan qoidabuzarliklarga chora koʻrildi

Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB boshligʻi polkovnik A.Sadirov boshchiligidagi Maxsus guruh xodimlari tomonidan yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, qoidabuzarliklarni aniqlash, jinoyatlarni oldini olish boʻyicha kuchaytirilgan tartibda tungi reyd tadbirlarini oʻtkazmoqda. 

Uyushtirilayotgan qator profilaktik tadbirlarda haydovchilarning avtomashinada oʻtkir tigʻli sovuq qurollar, tayoq (bita) olib yurish holatlari aniqlanmoqda. Jumladan, joriy yil 11-may kuni Qarshi shahar hududida oʻtkazilgan tungi reyd davomida bita tayogʻi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi va Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIBga topshirildi.

Bundan tashqari, Qarshi shahar hududida yuk avtomashinasi yukxonasiga qoʻshimcha gaz balloni oʻrnatib harakatlanib yurgani aniqlanib, tegishli chora koʻrildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага