Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan...
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati rahbariyati, joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan, Samarqand viloyati IIBda, hududiy jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari hamda masʼul rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yo‘riqnomada ishtirok etdi.
Yo‘riqnoma davomida shaxsiy tarkibning xizmatga shaylik holati hamda xizmat faoliyati doirasida bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlik darajasi tekshiruvdan o‘tkazildi hamda xodimlarga ogohlik va sergaklik bilan xizmatni davom ettirish borasidagi ko‘rsatmalar yetkazildi.
Shu o‘rinda, hududlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hamda sammitga tashrif buyuradigan mehmonlarning xavfsizligini taʼminlash shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganilib, masʼullarga jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida xizmat yo‘nalishlari yuzasidan alohida topshiriqlar berildi.
Viloyat hududidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
IIV JXD Jamoat tartibini saqlash xizmati