26 Sentabr 2022 568

Uch avlod uchrashuvi – yoshlarni ruhlantirish asosi

Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad – “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” gʻoyasi asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga fidoyi xodimlarning ibratli hayoti va xizmat faoliyati haqidagi maʼlumotlarni, tizimning shonli tarixini yetkazishdan iborat.

Uchrashuv davomida isteʼfodagi general-mayor Habibulla Hojimatov soʻzga chiqib, oʻzining bosib oʻtgan hayot yoʻli, general unvonigacha boʻlgan xizmati, ichki ishlar organlarida koʻp yillar samarali faoliyat, hamda oʻquvchilarni taʼlim olishga daʼvat etib, har bir inson oʻz ona Vatanini sevishi lozimligi, Vatan ostonadan boshlanishi, ichki ishlar organlari xodimi boʻlish sharaf ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Oʻz navbatida litsey rahbariyati va oʻquvchilar faxriyni yaqinlashib kelayotgan “1-oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabrikladilar.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага