29 Yanvar 2021 4367

Uchko'prik tumanida “Lasetti-2” urib yuborgan piyoda hodisa joyida vafot etdi

Uchko'prik tumani. 27 yanvar` kuni fuqaro M.M. “Lasetti-2” rusumli avtomashinasini Jaloer qishlog'i hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o'tayotgan M.A. ismli ayolni urib yuborishi oqibatida, M.A. ismli ayol tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko'prik tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Yo'l harakati qoidalariga amal qiling. Yo'l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o'zingiz va boshqalar sog'lig'iga shikast etkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang. 

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага