10 Avgust 2022 898

Uchko‘prik tumanida xonadondan “og‘u” topildi

2022 yilning 06 avgust kuni Farg‘ona viloyati IIB Transportda XTB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Uchko‘prik tumani Mazzangli ko‘chasida yashovchi M.I.ning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, fuqaro M.I xonadonidagi yer maydonida 17 tup marixuana giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari, og‘ilxonasining turli joylaridan qog‘oz va sellofan paketlariga solingan va oshxonasidagi javon ichidan qog‘oz qutilarga solingan jami 5 kg. 227 gramm nasha giyohvandlik moddalari topildi. Shuningdek, M.I.ning yashash xonadoni mehmonxonasida 1 dona polimer qopda “ko‘knori” giyohvandlik o‘simlik poyalari va 1 dona polimer sumkada ko‘knori boshoqlari, jami 7 kg 729 gramm ko‘knori giyohvandlik vositalari topilib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB TXTB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 276-modda 2-qism “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага