27 Oktabr 2022 940

Uchqo‘rg‘on tumanida «Yil ayoli» va «Gender tenglik faoli» tanlovlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022 yil 27 apreldagi "Yil ayoli" va "Gender tenglik faoli" milliy tanlovlarini o‘tqazish to‘g‘risida"gi qaror ijrosi Uchqo‘rg‘on tumanida taʼminlandi.

Uchqo‘rg‘on tumani Oila va xotin qizlar bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida "Yil ayoli" va "Gender tenglik faoli" tanlovini tuman bosqichi o‘tqazildi.

Tanlovda tumandan bir guruh faol xotin-qizlar ishtirok etib, Nizom talablari asosida o‘z faoliyatlarini prezentatsiya qildilar. Ishtirokchi opa-singillar jamiyatdagi o‘rni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarni yana-da qo‘llab quvvatlash, ularni davlat hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan savollarga javob berdilar.

Tanlov yakuni bo‘yicha "O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayol" nominatsiyasiga - to‘quvchilik yo‘nalishidagi «Ustoz- shogird» o‘quv markazi rahbari Abluraxmanova Muxarramxon, "Yilning eng kuchli maʼnaviy- maʼrifiy targ‘ibotchi" nominatsiyasiga Madaniyat mahalla xotin-qizlar faoli Inamova Gulxumor va "Yilning eng jonkuyar ustoz" nominatsiyasiga 1-sonli kasb-hunar maktab direktor o‘rinbosari Tuychiboyeva Maxbubaxonlar ega bo‘ldilar.

"Gender tenglik faoli" tuman bosqichi tanlovida g‘oliblik 5-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman "Oqila ayollar" harakati sardori Toshpulatova Shoxistaxonga nasib qildi.

IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha guruhi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага