9 Avgust 2020 1637

Uchquduq tumanida oltin izlaganlar qo'lga tushdi

Navoiy viloyatida Milliy gvardiya va IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida Uchquduq tumani "Altintou" mahallasida joylashgan “Aygul-partiya” deb nomlangan eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo'lgan toshlarni noqonuniy yo'l bilan qazib olayotgan Xatirchi tumanida yashovchi fuqarolar T.J. va Sh.M.lar qo'lga olingan. 

Fuqaro T.J. o'zining boshqaruvidagi "Ford" avtomashinasida 17 qopga joylangan 1.264 kg og'irlikdagi tarkibida oltin zarralari bo'lgan mayda toshlarni, fuqaro Sh.M. esa o'zining boshqaruvidagi "Ford" avtomashinasida 33 qopga joylangan 1.654 kg og'irlikdagi toshlarni olib chiqib ketayotganida to'xtatib qolinib xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tarkibida oltin zarralari bo'lgan ushbu toshlar mutaxassislar tomonidan (1 gr - 604.863,5 so'm belgilangan narxda) tekshirib ko'rilganda fuqaro T.J. tomonidan o'zlashtirilgan 1.264 kg og'irlikdagi toshlardan 148 gr (89.000.000 so'm) miqdordagi oltin moddasi borligi, fuqaro Sh.M. dan olingan 1.654 kg og'irlikdagi toshlardan esa 234 gr (141.000.000) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda Navoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy gvardiya

 

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага