25 Dekabr 2022 2377

Unvon xodimlarga katta masʼuliyat yuklaydi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha navbatdagi maxsus malaka oshirish oʻquv kurslarida ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlaridan 82 nafar xodimlar “podpolkovnik” maxsus unvonini olish yoʻnalishida oʻquv tayyorgarlikdan oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulotlari Institut professor-oʻqituvchilari hamda vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borildi.

Oʻquv kursi yakunida komissiya tarkibida oʻtkazilgan sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻquv kursi davomida oʻrganganlari xizmat faoliyatini tashkil etishda oʻz samarasini berishini eʼtirof etdilar. Shuningdek, bugungi sertifikat va oladigan navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvon katta masʼuliyat yuklashi taʼkidlandi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага