18 Avgust 2020 4870

Urgutda haydovchi velosipeddagi yosh bolakayni urib yubordi

2020 yil 17 avgust kuni soat taxminan 16:00larda Urgut tumani Ipakli mahallasining ichki yo'lida, Urgut tumani A'loxotin mahallasida yashovchi 1991 y.t. M.A. o'zining "Moskvich-412" rusumli avtomashinasini "Ipakli-Jozmon" yo'nalishi bo'ylab boshqarib kelib, velosipedda yo'lning o'ng tomonidan chap tomoniga kesib o'tayotgan 2015 y.t. Z.Sh.ni urib yuborib, yo'l transport hodisasini sodir qilgan.

5 yashar bolakay olgan tan jarohatlari oqibatida Urgut tuman Tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat bo'yicha tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yana bir bor barcha yo'l harakati ishtirokchilaridan harakat xavfsizligiga qat'iy rioya qilishlarini so'raydi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага