22 Oktabr 2021 3979

Uy hujjatlarini rasmiylashtirishni vaʼda qilgan firibgar pullarni oʻzlashtirib ketdi

Qumqoʻrgʻon tumanida 2021-yil 28-sentyabr kuni Sherobod tumani “Gʻambur” mahallasida yashovchi, L.Lobar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Jarqoʻrgʻon tumanida yashovchi kelini, K.Xolidaga Jarqoʻrgʻon tumani “Ulugʻbek” mahallasida yashovchi, B.Botir Qumqoʻrgʻon tumani “Yangishahar” mahallasi hududidagi “uyining hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam beraman!”-deb, 2020-yil sentyabr oyidan beri jami 10.200.000 (oʻn million ikki yuz ming) soʻm pullarni olib, hozirgi kunga qadar uyning hujjatlarini toʻgʻirlab bermasdan pullarini oʻzlashtirib ketganligini maʼlum qilgan. 

7-oktyabr kuni B.Botirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага