5 Avgust 2022 1846

Uy ichidagi sandiqdan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Boysun tumanida 2022-yil 24-iyul kuni tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasining xabariga koʻra, tumanning «Bibishirin» mahallasida yashovchi, D.Diyora (ism shariflar oʻzgartirilgan) “102” ga qilgan murojaatida, 13-iyul kuni nomaʼlum shaxs yashash uyi eshigi ochiqligidan foydalanib, uy ichidagi sandigʻidan 10 000 000 (oʻn million) soʻm pullarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan choralar natijasida, ushbu oʻgʻirlikni shu tumanda yashovchi, E.Akmal sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.Akmalga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага