Sankt-Peterburgda Oʻzbekiston Interpoli tomonidan qidiruvda boʻlgan firibgar qoʻlga olindi
2021-yilning yozida jinoyatchi Telegram tarmogʻida guruh tuzdi va uning ishtirokchilarini ikki baravar daromad olishga qiziqtirib, firibgarlik yoʻli bilan ularni plastik kartaga pul oʻtkazishga koʻndirdi. Vaʼdasini bajarmagan firibgar, oʻzgalarning pullarini oʻzlashtirib olib, qochib ketgan.
Joriy yilning iyul oyida jinoyatchi Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Axborot taʼminoti va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarning yashiringan joyi aniqlanib, tez orada Sankt-Peterburg shahrida qoʻlga olindi.
Hozirda munosib jazoga tortilishi uchun sudga topshirish maqsadida Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.
Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi