“Vatanparvarlik oyligi” davomida Sirdaryo tumani IIB shaxsiy tarkibi harbiy qismga tashrif buyurishdi
Joriy yilning 5-avgust kuni Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining 2022-yilning 1-avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligini ” ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 80-sonli farmoyishi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlarni “Vatanparvarlik” ruhida chiniqtirish maqsadida Sirdaryo tumanida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli boʻlgan 21143-sonli harbiy qismga olib borildi.
Ushbu tashrif mobaynida masʼul mutaxassis xodimlar tomonidan Sirdaryo tumani IIB xodimlariga Harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, Harbiy qismga tegishli boʻlgan jangovar texnikalarning taktik-texnik xususiyatlari boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, xodimlarga Harbiy qismda uzoq yillar xizmat qilib oʻzlarining aziz jonlarini Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida fido qilib, jangovar harakatlar jarayonida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar xotirasini abadiylashtirish maqsadida maxsus tashkil etilgan “Unutilmas yorqin yulduzlar” burchagida nomlari zikr etilgan marhum harbiy xizmatchilar haqida maʼlumotlar berilib, ularning koʻrsatgan jasoratlari yana bir bor eʼtirof etildi hamda harbiy qismda xizmatchilar uchun yaratilgan kitobxonalarda boʻlib u yerdagi badiiy kitoblar bilan yaqindan tanishishdi.
Bundan tashqari Harbiy qismda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari oʻrtasida davra suhbati tashkil etilib, “Vatanparvarlik” tushunchasi aslida nima ekanligi va u qay jihatlarda namoyon boʻlishi haqida oʻzaro fikr almashildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati