Vazir o‘rinbosari bayram munosabati bilan Halqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlari 7251-sonli harbiy qismiga tashrif buyurdi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov Ichki ishlar vazirligi Halqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlari 7251-sonli harbiy qismiga bayram munosabati bilan tashrif buyurdi.
Tashrif davomida harbiy qismda ko‘p yillardan beri vijdonan sidqidildan xizmat qilib kelayotgan davlat himoyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan va hozirgi vaqtda katta-katta lavozimlarda ishlayotgan rahbarlarni 1 yil muddatli harbiy xizmat davomida tarbiyalab va o‘qitib kelgan ofitser va serjantlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Shu bilan birga Tashrif davomida vazir o‘rinbosari barcha harbiy xizmatchilarni "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida belgilangan tadbirlarning bajarilishini ko‘zdan kechirdi va kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Tashrif yakunida qo‘shin qo‘mondoni barcha shaxsiy tarkib nomidan hurmatli vazir o‘rinbosarini bayram munosabati bilan tabrikladi.