Vazir oʻrinbosari harbiy qismlarga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor B.Yu.Mirzaraximov 2022-yil 30-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga tashrif buyurdi.
Dastlab, shaxsiy tarkib hamda harbiy xizmatchilarning ertalabki tarqatuvida Yangi yil bayrami munosabati bilan tabriklab Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar, soha faxriylari hamda yurtimiz tinchligini himoya qilib, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini kirib kelayotgan Yangi-2023-yil bilan samimiy tabrikladi.
Prezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yoʻllagan murojaatnomasida mamlakatimizda 2023-yil – “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilinganligi, bu borada oldimizda koʻplab masʼuliyatli vazifalar turganligini taʼkidlab, yurtimizda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash, qonunchilik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizga ulkan zafarlar yor boʻlishini tilab 7531-sonli harbiy qismini qurilishi tugallangan va topshirishga tayyor boʻlgan binolarni koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, Vazir oʻrinbosari Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismga tashrif buyurib, harbiy xizmatchilarni tabriklab ularga yuqori kayfiyat bagʻishladi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi