9 Oktabr 2021 1404

Vazir oʻrinbosari ishtirokida Sirdaryo viloyati IIBda xodimlarning xizmat va ijrochilik intizomi, qonun buzilish holatlari sodir etilishini oldini olishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Yigʻilishda, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.Ikramov, IIV SHXBB boshligʻi, polkovnik M.Mirziyayev hamda viloyat IIB rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yigʻilishni boshqarma boshligʻi polkovnik Sh.H.Boʻronov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor A.Ikramovga berdi.

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor A.Ikramov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida Ichki ishlar organlarida tub islohotlar amalga oshirilib, bunda sohani xalq manfaatlariga oʻz vaqtida va sifatli yordam koʻrsatadigan, kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartirishga qodir professional tizimni shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar olib borilganligini, Ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi tubdan mustahkamlanganligini, soha xodimlari jahon andozalariga mos aloqa, texnika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlanganligini, xodimlarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilib, ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidladi. Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, xizmat intizomi va qonunchilikning buzilishi, shuningdek, kelgusida xodimlar oʻrtasida salbiy holatlarning oldini olish borasida toʻxtalib, Respublika boʻyicha xodimlar bilan bogʻliq boʻlgan salbiy holatlardan misollar keltirib xulosa qilishga chaqirdi.

Tizimda olib borilayotgan keng islohotlar va yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, xodimlar orasida oʻz xizmat faoliyatiga masʼuliyatsizlik bilan qarayotgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etayotganlarini taʼkidlab oʻtdi.

Yigʻilishda ishtirok etgan IIV SHXBB boshligʻi, polkovnik Muxtor Mirziyoyev kun tartibidagi masala yuzasidan tanqidiy mulohaza bildirib, xodimlar bilan bogʻliq salbiy holatlarni keltirib oʻtdi. Shahar-tuman IIB boshliqlari hamda oʻrinbosarlari qatʼiy ogohlantirib, kelgusida xizmat intizomi va xodimlariga javobgar shaxs sifatida ularga ham oʻrnatilgan tartibda intizomiy chora koʻrilishini bildirdi.

Yigʻilish soʻngida xizmat faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari koʻrildi.

Xususan, xizmatida kechirib boʻlmas xatoga yoʻl qoʻygan 4 nafar xodim shu yerning oʻzida ichki ishlar organlari safidan boʻshatildi. Bir nafarini egallab turgan lavozimidan ozod qilish belgilandi.

Xodimlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага