6 Oktabr 2021 991

Vazir oʻrinbosari Oqqoʻrgʻon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Jarayonda ijobiy natijalarni qayd etgan xodimlarni pul mukofotidan avtomobilgacha ragʻbatlantirdi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Bekmurod Abdullayev Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Vazir oʻrinbosari Guliston MFY hududiga xizmat olib boruvchi profilaktika katta inspektori kapitan S.Kulbekovning xizmat xonasiga boʻlib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, mahalla, oila va fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar va natijalarni oʻrgandi.

Tuman IIB rahbariyati tomonidan bu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholab, IIB HPB boshligʻi podpolkovnik K.Israilovga xizmatda foydalanish uchun vazirlik sovgʻasi – "Neksiya" avtomobilini topshirdi. Shuningdek, xizmat vazifasiga sirtqi dildan yondashib, hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan profilaktika inspektorlariga ham vazirlik nomidan esdalik sovgʻalarni topshirdi.

Shu bilan birga Vazir oʻrinbosari, tuman IIB boshligʻi polkovnik A.Parpiyevning 3-sektorda joylashgan mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirgan ishlari bilan “3-sektorlar oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov”da gʻolib boʻlgani eʼlon qilib, sektor kotibi va IIB boshligʻiga vazirlikning pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilganini eʼlon qildi va masʼullarni samimiy qutladi.

Shuningdek, qaror doirasida taʼsis etilgan voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlarning faoliyatini ham oʻrganib, tumandagi 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, yosh xodimlarga xizmat vazifasi boʻyicha amalga oshirishi zarur boʻlgan ishlarni yana bir bor taʼkidlab, tavsiyalar berdi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага