7 May 2022 527

Vazir o‘rinbosari Toshkent shahri aeroportlarida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Joriy yilning 7 may kuni IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahri aeroportlarida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan xizmat hududlarida xavfsizlikni taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat tartibini saqlash yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov va Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik R.A.Tashpulatovlar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, boshqarma maʼmuriy binosi, navbatchilik qismi, xodimlarning xizmat xonalari shuningdek, boshqarma oldi va orqa hovlilari ko‘zdan kechirilib, xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, Toshkent shahri aeroportlarida XTB boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari bilan hozirda olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar bo‘yicha suhbat olib borilib, jinoyat-qidiruv hamda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlariga ish ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

“Islom Karimov” nomidagi Toshkent  xalqaro aeroportida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat olib borish jarayoni hamda xizmatni qay darajada tashkil etilganligini o‘rganildi. Tashrif so‘ngida, Vazir o‘rinbosari xizmatni ogohlik va hushyorlik bilan olib borish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, amalga oshirilayotgan ishlarni yana-da samarali olib borishlari to‘g‘risida ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага