31 Yanvar 2023 840

Vazir oʻrinbosari xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish boʻyicha taqdimotlar bilan tanishdi

Xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida boʻlib turgan Vazir oʻrinbosari boshqarmaning Muborak, Mirishkor, Nishon va Qarshi tuman ichki ishlar boʻlimlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining oʻtgan yilda xizmat intizomi va qonunchilik hisoboti tahlili taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda kadrlar bilan taʼminlash, xodimlarni malakasi, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish, sport mashgʻulotlari tashkil etish, psixologik tayyorgarligi, ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, turli tarixiy obidalar va shaharlarga sayohatini tashkil etish, shaxsiy tarkibning mehnat taʼtiliga chiqish borasidagi hisobotlari hamda joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlari bilan tanishdi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Azizbek Ikramov soha rahbarlarining oʻtgan yilda amalga oshirgan ishlari faoliyat davomida yoʻl qoʻygan kamchiliklarini tanqidiy- tahlil etib, ularni bartaraf etish, ichki ishlar organlari xodimlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish borasida eʼtiborga olish lozim boʻlgan muhim jihatlar xususida ishtirokchilarga tegishli tavsiya va taklif hamda topshiriqlarni berdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага