18 May 2022 506

Vazir o'rinbosari Qorovul qoʻshinlari harbiy qismlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi

Joriy yilning 17-may kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov, Qorovul qoʻshinlari harbiy qism va boʻlinmalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 7531-harbiy qismda tashrif buyurdi. 

Qorovul Qoʻshinlari vazirlikning asosiy harbiy tuzilmalaridan biri boʻlganligi bois uning faoliyati hamda bu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar oʻta muhim hisoblanadi. Shu sababdan ham vazir oʻrinbosari tomonidan sohada olib borilayotgan ishlar va vazifalar muntazam nazorat qilinadi. Shuningdek bu galgi tashrifi chogʻida ham vazir oʻrinbosari harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan uchrashdi va ularning saf nizomlari xizmat hamda qonunchilikka rioya qilishlari boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkazdi. 

Shundan soʻng general-mayor muntazam ravishda jangovar xizmatni olib borayotgan harbiy xizmatchilarning ish faoliyatini, xizmat joylarini hamda sharoitini koʻzdan kechirdi. Harbiy xizmatchilarning bilim saviyasi, sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishi boʻyicha tavsiyalarini berdi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan qorovul qoʻshinlari rahbariyatiga harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy xatti-harakatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, harbiy xizmatchilar uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish, ularni va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashga doir koʻrsatmalar berildi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага