23 May 2022 411

Vazirlik masʼul xodimlari tinglovchilar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy -maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimlari Vazirlik Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi Oʻquv-dala markazida ofitserlik lavozimiga tayinlangan boshlangʻich kasbiy tayyorgarlikni oʻtayotgan oʻquv kursi tinglovchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Unda vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti, Kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Farid Abdiyev, Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi malaka oshirish va qayta tayyorgarlikni tashkil etish boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Anvar Raupov, va boshqa masʼullar, Oʻquv-dala markazi rahbariyati va xodimlari, Malaka oshirish instituti professor-oʻqituvchilari, saf qismi ofitserlari va oʻquv kursi tinglovchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi Oʻquv-dala markazida oʻquv kursi tinglovchilari bilan tashkil etilgan oʻquv kursi jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar haqida fikr yuritildi.

Shu bilan birgalikda ichki ishlar organlariga kadrlarni ishga olish prinsiplari, ichki ishlar organlari tizimidagi yosh kadrlar bilan ishlash, ularni lavozimga tayinlash, yangi kadrlarni tanlashda yuzaga kelayotgan muammolar, ustoz-shogird anʼanalarini rivojlantirish haqida fikr va takliflar bildirildi.

Ayniqsa, profilaktika inspektorlarining ish faoliyati va sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish yoʻllari boʻyicha alohida koʻrsatmalar berildi. Tinglovchilar davra suhbatida faol qatnashib, kelgusidagi oʻz sohaviy faoliyatlari uchun ushbu taʼlim markazida olingan bilim va koʻnikmalari amaliyotda qoʻllash uchun muhim ahamiyat kasb etishini yana bir karra taʼkidlashdi.

IIV Malaka oshirish instituti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага