5 Iyul 2022 1505

Turkiya Milliy politsiyasi akademiyasi delegatsiyasining tashrifi

Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Turkiya Milliy politsiyasi akademiyasi delegatsiyasi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida boʻldi. Ishchi guruhga Turkiya Milliy politsiyasi akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari Fotih Inal boshchilik qilmoqda.

Mehmonlar boshqarma faoliyati, uning negizida faoliyat koʻrsatayotgan Vaziyat markazi, Boʻstonliq tumanida joylashgan turistik obyektlari xodimlarining ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif chogʻida janob Fotih Inal turistik politsiyasi xodimlari zamonaviy jahon andozalari darajasida jihoz va texnik vositalar bilan taʼminlangani, ular yuqori professional darajada xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага