Voyaga yetmaganlar bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablari ijrosini taʼminlash borasida, Surxondaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga qabul qilingan voyaga yetmaganlar orasidagi ijtimoiy-ruhiy muhit, voyaga yetmaganlarning atrof-muhitga va bo‘layotgan voqea hodisalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash maqsadida, ular bilan "Shaxsiy rivojlanish" mavzusida psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad ularning atrof-muhit va insonlarga bo‘lgan ijobiy qarashlarini shakllantirish, ularni ruhiy qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashishdan iborat.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati