13 Dekabr 2022 581

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tashkil etildi

Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tashkil etildi.

Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi hamda Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan IIBB XPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar bilan profilaktik-psixologik suhbatlar, treninglar oʻtkazildi. 

Bolalarga mustaqil hayotda kerak boʻladigan huquqiy va ijtimoiy maslahatlar berildi. 

Shuningdek, anʼanaga koʻra, tarbiyalanuvchilar uchun bayram dasturxoni yozilib, soʻngra sovgʻalar topshirildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага