14 Noyabr 2022 1166

Xalqaro gender masalalariga bag‘ishlangan seminar

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA 10) mamlakatimizdagi hamkorlari tomonidan Buxoro shahrida gender masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi. Unda davlat idoralari, mahalliy hokimiyat organlari, Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirliklarining Buxoro, Xorazm, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi boshqarmalari xodimalari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda inson huquqlari, gender tengligi hamda mahalliy iqtisodiy rivojlanish orqali chekka hududlar turmush sharoitini yaxshilash maqsadida transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish masalalari borasida so‘z yuritilib, xalqaro gender muammolari haqida o‘zaro fikr va tajriba almashildi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага