8 Noyabr 2022 493

Xalqaro gender masalalariga oid seminar

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA 10) yurtimizdagi hamkor davlat idoralari, mahalliy hokimiyat organlari, Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirliklarining Buxoro, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi boshqarmalarida faoliyat yurituvchi xodimalar uchun Buxoro shahrida gender masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar tashkil etdi. Mazkur treningda viloyat IIB HPB boshlig‘i o‘rinbosari, XQMBB boshlig‘i, podpolkovnik Dilfuza Sharopova boshchiligidagi masʼullar ham faol ishtirok etishdi.

Bunda inson huquqlari, gender tengligi hamda mahalliy iqtisodiy rivojlanish orqali chekka hududlarda turmush sharoitini yaxshilash maqsadida transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish masalalari borasida so‘z yuritilib, xalqaro gender muammolari haqida o‘zaro fikr almashildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага