7 Avgust 2022 882

Xalqaro hamkorlikdagi tezkor tadbirda qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasi 1-qismi, 156-moddasi 3-qismi, 159-moddasi 3-qismi, 244/1-moddasi 3-qismi, 244/2-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2015-yildan beri Romitan tumani IIB tomonidan qidirilayotgan, 1977-yilda tugʻilgan Romitan tumani “Xosa” mahallasida roʻyxatda turib yashagan E.H. ismli shaxsning Turkiya hududida yashirinib yurgan manzili aniqlanib, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida ushlandi hamda Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi taʼminlanib tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага